Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahsulot sifatini qat’iy davlat nazoratiga olamiz — Robaxon Maxmudova

Mahsulot sifatini qat’iy davlat nazoratiga olamiz — Robaxon Maxmudova

Samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda Prezidentlikka nomzod Robaxon Maxmudova Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan sanoat va tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga oid g‘oya va maqsadlariga alohida to‘xtalarkan, standartlarni takomillashtirib, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish hamda narx-navolarni sun’iy ko‘tarishga qaratilgan xatti-harakatlar uchun kuchaytirilgan jazo choralarini qo‘rishni taklif qildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ekologiya va atrof muhitni asrash maqsadida O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni asrashga birlamchi vazifa sifatida qarash, flora va fauna dunyosiga boy mamlakatimizda o‘simlik va jonivorlarning qator turlari asta-sekin yo‘qolib borayotganligi, shu bois, tabiatni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring