Maktab bitiruvchilarining grantga kirishi 5 baravar oshdi

2025-yilda 619 nafar maktab bitiruvchisi OTMlarga kirish imtihondan eng yuqori — 189 ballni to‘pladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, davlat granti kvotasining 84,2 foizi, ya’ni 29 881 nafari joriy yil bitiruvchilariga to‘g‘ri keldi.
Maktab bitiruvchilarining OTMga qabul qilinishi oxirgi uch yilda 3,5 foizga oshdi.
Bu yilgi 438 869 nafar bitiruvchidan 75 foizi test sinovlarida qatnashgan bo‘lsa, ularning 25,8 foizi (113 176 nafar) davlat OTMlariga o‘qishga kirdi.
Hududlar kesimida:
- Navoiy — 48,4 foiz;
- Buxoro — 38,2 foiz;
- Jizzax — 32,4 foiz.
Eng yuqori o‘rtacha ball: Buxoro viloyati — 96 ball.
Shu bilan birga, imtihonga kirgan 614 768 nafar abituriyentning 41,29 foizi minimal o‘tish balli (56,7 ball)ni to‘play olmadi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter