Maktab o‘quvchilari «abadiy» yon daftarcha va qalam yaratishdi
Kiyevlik 11-sinf o‘quvchilari «iForum» konferensiyasida o‘zlari yaratgan «abadiy» yon daftarcha va qalamni namoyish etishdi. Ular o‘z ixtirosini boshqa mamlakatlarga ham sotish niyatida. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman «Facebook»dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar beradi «NV.ua».
«Ukraina yoshlari bilan faxrlanaman! Kiyevlik maktab o‘quvchilari «Nuka» nomli abadiy yon daftarcha va qalam yaratishdi. O‘zlarining startapini u poytaxtda bo‘lib o‘tgan «iForum» anjumanida namoyish etishdi», — deb yozadi bosh vazir.
Groysman o‘zining sahifasiga maktab o‘quvchilari tomonidan yaratilgan ixtironing videoroligini joylashtirdi.
Yon daftarcha plastmassadan olingan sintetik qog‘ozdan yasalgan. U suvga chidamli. Yon daftarchaga oddiy ruchka yordamida ham yozish va qoralamalarni qo‘lga mo‘ljallangan antiseptic gel yordamida osonlikcha o‘chirib tashlash mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter