Maktab o‘quvchisi nega hushidan ketdi?

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi maktablardan birida ertalabki yig‘ilish(lineyka)da 20 ga yaqin o‘quvchi o‘zini yomon his qilgan. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyati favqulodda vaziyatlar davlat xizmati boshqarmasining Televizion yangiliklar xizmati(TNS)ga bergan ma’lumotiga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Voqea joyiga qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari yetib kelgan.
«Bolalarning boshi aylangan. Shifokorlar 18 o‘quvchiga vegetativ paroksizm tashxisini qo‘yishgan. Ular shifoxonaga yotqizilmadi. Bir bola asabiy zo‘riqish tufayli hushidan ketgan va shifoxonaga yotqizilgan», – deyiladi agentlik xabarida.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatidan ma’lum qilishlaricha, bugun, 8-may kuni Cherkassi shahridagi maktablardan birida ertalabki yig‘ilishda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy zaharlanish oqibatida qayt qilish kuzatilgan. Avval 3, so‘ngra 42 nafar o‘quvchi shifoxonaga yotqizilgan. Keyinroq esa shifoxonaga yotqizilganlar soni 51 nafarga yetgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter