Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandagi maktabda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandagi maktabda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2021-yilning 2-yanvar kuni, taxminan, soat 00:20 da Samarqand shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qozonxonasining isitish tizimida chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Chaqnash natijasida maktabning qozonxona nazoratchisi 50 yoshli H. tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat bo‘limiga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bemor shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring