Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab ta’miri uchun pul yig‘ish ko‘paymoqda

Maktab ta’miri uchun pul yig‘ish ko‘paymoqda

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, o‘quv yilining so‘nggi kunlarida ota-onalardan maktab ta’miri uchun pul yig‘ilayotgani yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

O‘zbekiston prezidentning tegishli farmon va qarorlarida maktablarni yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta’mirlash va infratuzilmasini yaxshilashga mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari shaxsan mas’ul ekani belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan XTV umumiy o‘rta ta’lim olish bepul ekanligi kafolatlanganini inobatga olib, maktablardagi har qanday majburiy yig‘imlar noqonuniyligini aytgan.

«Hurmatli ota-onalar! Agar farzandingiz ta’lim olayotgan maktabda noqonuniy pul yig‘imlari tashkil etilayotgan bo‘lsa, bu haqda Xalq ta’limi vazirligining 71 202-09-09 Ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi bayonotda.

Aytilishicha, maktablarga beg‘araz homiylik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar buni qonuniy yo‘l bilan, ya’ni homiylik mablag‘larini maktabning hisob raqamiga o‘tkazgan holda rasmiylashtirishlari mumkin. Hozirgi kunda maktablarda Kuzatuv kengashlari faoliyat yuritmoqda. Kuzatuv kengashiga o‘quvchilarning ota-onalari, sobiq bitiruvchilar, o‘qituvchi va boshqalar saylanishi mumkin. Kuzatuv kengashi a’zolari budjetdan ajratilgan hamda qo‘shimcha ishlab topilgan mablag‘larni samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vakolatiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring