Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablar koronavirusning yangi o‘choqlariga aylanishi mumkin

Maktablar koronavirusning yangi o‘choqlariga aylanishi mumkin

Foto: «Yandex»

JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan koronavirusning yangi o‘choqlariga aylanishi mumkin bo‘lgan joylarni ma’lum qildi. Uning so‘zlarini «Rossiyskaya gazeta» keltirgan.

U ko‘pgina maktablarda oddiy qo‘l gigiyenasiga amal qilish imkoniyatlari yo‘qligidan xavotirda ekanligini bildirgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili dunyodagi maktablarning 43 foizi qo‘lni sovunlab yuvish sharoitiga ega bo‘lmagan.

«O‘quv yili boshlanishi bilan maktablar infeksiya tarqalishi uchun yangi xavfli hududlarga aylanishi mumkin», — dedi Rayan.

U, shuningdek, dunyoning aksar qismi haliyam koronavirus oldida zaif ekanligini eslatib qo‘ydi. Rayanning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi ommaviy immunitet shakllanmasdan turib epidemiyaning tinganiga umid qilib bo‘lmaydi. Negaki COVID-19ni haddan tashqari kam odam boshidan o‘tkazgan.

Shu munosabat bilan JSST infeksiyadan himoya choralariga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Jumladan, odamlar to‘planadigan va yopiq joylarda tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofaga amal qilish hamda odamlar gavjum joylarga bormaslik kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring