Maktablardagi ta’lim sifatiga keskin baho berildi

Prezident maktablardagi ta’lim sifati va mazmuniga ham keskin baho berdi.
Xususan, foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularni mantiqiy fikrlashga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlashga o‘rgatmayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda 504 ming pedagogdan 12 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli, 38 foizida esa umuman malaka toifasi yo‘q.
«Bu pedagoglarning dars o‘tish mahorati yetarli emas. Ular o‘quvchilarga faqatgina o‘zi «chala bilgan» narsalarni o‘rgata oladi, xolos. Sababi, o‘qituvchilarning o‘zining ustida mustaqil ishlash va rag‘batlantirishning samarali tizimi yaratilmagan. O‘qituvchi sifatli dars o‘tishga emas, «ko‘proq soat olish»ga intiladi», — dedi Prezident.
Maktablarda hanuzgacha 200 dan ortiq hisobot mavjud, o‘qitish, tadbirlar o‘tkazish kabi barcha jarayonlar «haddan tashqari qolipga solingan».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab tizimidagi kamchilik va muammolar sanalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter