Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19 may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Bugun, 17 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Malayziya Bosh vaziri O‘zbekiston Bosh vaziri hamrohligida tashrif dasturi bo‘yicha navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter