Malayziyaning to‘rt yil avval yo‘qolgan samolyoti topildimi?

G‘avvoslar Malayziyaning to‘rt yil avval yo‘qolgan «Boeing 777-200ER» rusumli samolyotini qidirishayotgan edi. Lekin 1800-yili cho‘kkan kema qoldiqlariga duch kelishdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Avstraliya g‘arbida olib borilgan qidiruvlarda ummonning tubida ikkita eski kema qoldiqlarini ko‘rishdi. Ikkala kemada 15 yoki 30 nafar kishi bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
2014-yil 8-mart kuni Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz qilgan «Boeing 777-200ER» rusumli samolyot 239 nafar yo‘lovchi bilan g‘oyib bo‘lgan edi. Samolyot haligacha topilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter