Malida BMT karvoniga qurolli hujum uyushtirildi
![Malida BMT karvoniga qurolli hujum uyushtirildi](http://static.xabar.uz/crop/3/0/720_460_95_3008944377.jpg)
Shanba kuni Malining shimoli-sharqida qurolli hujum natijasida BMT tinchlikparvar missiyasining (MINUSMA) ikki a’zosi halok bo‘ldi, deyiladi missiya bayonotida.
«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, Gao shahrining shimoli-sharqida joylashgan Tarkint qishlog‘i hududida ta’minot karvoniga hujum uyushtirilgan.
BMT bosh kotibining Malidagi maxsus vakili hamda MINUSMA rahbari Muhammad Solih Annadif ushbu hujumni qoralagan.
MINUSMA missiyasi 2013-yil aprelda Malida xavfsizlik doirasida maxsus vazifalarni amalga oshirish uchun ta’sis etilgan. 2018-yil oktyabrga kelib missiya a’zolar soni 15 ming kishidan oshib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter