Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatimizda hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Mamlakatimizda hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Foto: SSV matbuot xizmati

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan o‘tgan muloqot chog‘ida bu bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik o‘quv dasturi asosida Sog‘lik bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, ta’limning ikki yili O‘zbekistonda, ikki yili Turkiyada olib boriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya Sog‘lik bilimlari universiteti rahbariyati o‘rtasidagi muloqotda yurtimiz tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida «Tibbiyot menejmenti» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 yillik qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring