Mamlakatimizda ro‘yxatga olingan xorijiy fuqarolar soni qanchaligi ma’lum bo‘ldi
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 1 yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingan.
Shundan 19 300 nafari Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda.
Bu haqda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ro‘yxatga olingan xorijiy fuqarolar davlatlar kesimida:
- Hindiston — 13 312 nafar;
- Rossiya Federatsiyasi — 10 826 nafar;
- Qozog‘iston — 9 425 nafar;
- Tojikiston — 5 722 nafar;
- Turkmaniston — 5 347 nafar;
- Qirg‘iziston — 4 397 nafar;
- Pokiston — 1 433 nafar;
- Xitoy — 1 031 nafar;
- Turkiya — 811 nafar;
- Koreya Respublikasi — 691 nafar;
- Boshqa davlatlar — 3 865 nafar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter