Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Manba: AQSh Putinning Ukraina bo‘yicha taklifini rad etdi

Manba: AQSh Putinning Ukraina bo‘yicha taklifini rad etdi

OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya rahbari Vladimir Putin vositachilar orqali AQShga Ukrainadagi mojaroni muzlatishni taklif qildi, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Qo‘shma Shtatlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada mojaroni to‘xtatish bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini rad etgan. Reuters agentligi har ikki tomon vositachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan munozaralardan xabardor bo‘lgan uchta rossiyalik manbaga asoslanib bu haqda xabar berdi. 

Agentlik yozganidek, muzokaralarning muvaffaqiyatsizligi dunyodagi ikki yirik yadroviy davlatning bir-biridan qanchalik uzoqda qolayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, amerikalik manba har qanday norasmiy aloqalar haqidagi ma’lumotlarni inkor etib, Vashington Kiyev ishtirokisiz muzokaralar olib bormasligini ta’kidlamoqda.

2023-yilda Putin ommaviy va shaxsiy tarzda vositachilar, jumladan, Moskvaning Yaqin Sharqdagi arab hamkorlari orqali Vashingtonga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan, deya xabar beradi rus manbalari.

Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Putin hozirgi yo‘nalishdagi mojaroni muzlatib qo‘yishni taklif qildi va Rossiya bosib olgan Ukraina hududlaridan birortasini ham berishni istamadi.

Muloqotlardan xabardor bo‘lgan ikkinchi rossiyalik manbaning Reuters agentligiga aytishicha, amerikaliklar vositachilar orqali Moskvaga Ukraina ishtirokisiz mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmasliklarini aytgan va shu sababli muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Muzokaralar miqyosi va ularning muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida avval xabar berilmagan.

Kreml, Oq uy, Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasi bu xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring