Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Manchester derbisi»da «MYu» g‘alaba qozondi

 «Manchester derbisi»da «MYu» g‘alaba qozondi

Angliya Premer-ligasining 20-turi doirasidagi markaziy o‘yinda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Siti»ni irodali tarzda mag‘lub etdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgan Grilish 60-daqiqada jamoasining hujumchini golga aylantirdi.

Taymning oxirlariga kelib avval Brunu Fernandesh va Reshford «Yunayted»ni hisobda oldinga olib chiqishdi.

Shu tarzda «qizil iblislar» 38 ochko bilan hozircha turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilishdi hamda «Siti» bilan farqni bir ochkoga yetkazishdi.

Manchester Yunayted – Manchester Siti 2:1
Gollar: 0:1 – 60 Grilish, 1:1 – 78 Brunu Fernandesh, 2:1 – 82 Reshford.

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Shou, Malasia, Eriksen (Garnacho, 72), Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Marsyal (Antoni, 46), Reshford.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ake, Akandji, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Grilish, 57), Marez, Holand.

Ogohlantirish: Eriksen (64).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring