Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Siti» dunyoning eng qiyin ligasini zabt etmoqda

«Manchester Siti» dunyoning eng qiyin ligasini zabt etmoqda

«Siti» rekordlarni yangilashda davom etmoqda.

Foto: «Sports.ru»

Xosep Gvardiola haqida gap ketganda, tanqidchilar odatda uning jamoalari kuchli tarkibga ega bo‘lishi va yetarlicha kuchli raqiblarga duch kelmasligi bilan izohlashadi. Ikkihokimlik o‘rnatilgan Ispaniya chempionati yoki yakkahokim «Bavariya» bilan qo‘lga kiritilgan Germaniyadagi g‘alabalarni tan olmaydigan munaqqidlar Pepning APLdagi natijalarini tan olisharmikan?..

Kecha «Manchester Siti» APLning navbatdagi klubini yer tashlatdi – 1:0. Bu safar «Nyukasl» jabrlanuvchi vazifasini bajardi. Bunday g‘alabalar Gvardiola jamoasi uchun odatiy holga aylandi. Endigina 20-tur uchrashuvlari yakunlanganini hisobga olsak, hali mavsum yarmi oldinda.

Shu kungacha o‘rnatilgan rekorlar:

  • ketma-ket g‘alabali seriya APL uchun rekord darajaga chiqdi: 18 g‘alaba! Shu kungacha Angliya premer-ligasida hech qaysi jamoa ketma-ket 14 martadan ko‘proq g‘alaba qozonmagan. 2002 yil fevraldan avgustgacha Arsen Vengar «Arsenal» bilan shu natijaga erishgan.
  • «Siti» kalendar yil davomida raqiblar darvozasiga 100 tadan oshiq gol kiritdi. Yubiley gol «Bornmut»ga qarshi bahsda Serxio Aguero nomiga yozildi. Shaharliklar yangi yilgacha yana bitta bahsni «Kristal Pelas»ga qarshi o‘tkazishadi. Oxirgi marta 1982 yilda «Liverpul» jamoasi kalendar yil davomida 106 ta to‘p kiritgan.
  • bu yil «Man Siti» o‘z maydonida biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi – 21 g‘alaba 5 durang.
  • Gvardiola top-6 dagi barcha klublarga imkoniyat qoldirmadi. «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» ustidan qozonilgan beshta ajoyib g‘alaba. To‘plar nisbati 15:3!
  • Yangi yilgacha APL yetakchisining ikkinchi o‘rindagi jamoa bilan o‘rtasidagi farq hech qachon bu darajaga chiqmagan – 13 ochko!
  • «Manchester Siti» uchun afsonaviy «Arsenal»ning 2003/04 yilgi mavsumdagi natijasi hozircha orzu bo‘lib turibdi. Esingizda bo‘lsa, o‘sha yili Arsen Venger boshqaruvidagi to‘pchilar mavsum davomida biror marta ham mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishmagan edi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring