«Manchester Yunayted» futbol tarixidagi eng qimmat himoyachini sotib oldi

«Manchester Yunayted» «Lester» himoyachisi Garri Maguayrni sotib olganini e’lon qildi, bu xabar jamoa rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
26 yoshli futbolchi bilan 2025-yilning yozigacha shartnoma imzolandi.
«Sky Sports»ning xabar qilishicha, «Manchester Yunayted» Maguayrni olish uchun £80 mln. to‘lagan.
Futbolchi millionlar o‘yini tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi.
Ushbu pozitsiyadagi oldingi rekord Virjil van Deykka tegishli edi. U o‘tgan yozda «Sautgempton»dan «Liverpul»ga £75 mln.ga o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter