«Manchester Yunayted» futbolchisi YTHga uchradi

Angliyaning «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh bugun ertalab o‘zining qimmatbaho mashinasida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Bu haqda ingliz matbuot xabar tarqatdi.
YTH oqibatida futbolchi tan jarohati olmagan va mashg‘ulotlar o‘tash uchun jamoadoshlari safiga qo‘shilishga ham ulgurgan. Lekin narxi 94 ming funt sterling turadigan «Porshe» mashinasining old qismi pachoq bo‘lgan.
Ikkinchi mashina Volkswagen avtomobiliga ham yonbosh eshik tomondan zarar yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas