Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mane Germaniya chempionatiga o‘tadi

Mane Germaniya chempionatiga o‘tadi

Foto: «Associated Press»

Angliyaning «Liverpul» klubi hujumchisi Sadio Mane faoliyatini Germaniyaning «Bavariya»sida davom ettiradi. Senegallik 30 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan uch yillik shartnomaga kelishgan.

Jurnalist Nikola Skira yozishicha, «Liverpul» tez orada forvardi bilan xayrlashganini e’lon qiladi.

Manening «Liverpul» bilan shartnomasi 2023-yilning iyuniga qadar tuzilgan edi.

Ortda qolgan mavsumda Mane «Liverpul» tarkibida 51 o‘yin o‘tkazib, 23 gol va beshta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring