Manisa hokimi tok urib halok bo‘ldi

Turkiyaning Manisa shahri hokimi Ferdi Zeyrek 9-iyun kuni elektr toki urishi oqibatida olamdan o‘tdi.
Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Kamol Memishoglu xabar berdi.
Uning aytishicha, baxtsiz hodisa oqibatida shifoxonaga keltirilgan Ferdi Zeyrekni qutqarishga urinishlar zoye ketgan. Vazir hokimning oilasi, uni bilgan, sevganlarga o‘z hamdardligini bildirdi.
Ferdi Zeyrek 48 yoshda edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter