Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda bozor yondi (video)

Marg‘ilonda bozor yondi (video)

Foto: Videodan skrinshot

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi bozor yondi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqatilmoqda. Xabar qilinishicha, yong‘in tungi soat 02:00da boshlangan.

Oziq-ovqat va xo‘jalik mollari sotiladigan bozordagi yong‘inga qarshi tongga qadar kurash olib borilgan. Yon-atrof hududlari ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rab olingani aytilmoqda.

Marg‘ilonda bozor birinchi marta yonmayapti. Xabar qilinishicha, avval ham xalq tilida «kombinat bozori» deb yuritiladigan joy 3 marta, «SUM» deyiladigani esa 2 marta yongan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring