Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’rifiy faoliyat bilan noqonuniy shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi

Ma’rifiy faoliyat bilan noqonuniy shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi

Joriy yil 5-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-990-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring