Markaziy bank dollar sotish tartibi haqida axborot berdi

Tijorat banklarining jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan Markaziy bank axboroti e’lon qilindi.
«Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalari»ning (ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) 22-bandiga asosan jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasining sotib olinishida tijorat banklari mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari zarurligi ko‘rsatilgan.
Shu munosabat bilan, ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasini jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish jarayonida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxs – mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilingan holda amalga oshirilishini ma’lum qilamiz, deyiladi Markaziy bank axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter