O‘zbekiston Markaziy bank raisining o‘rinbosari Ilhom Norqulov bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zA»
xabar berdi.
U joriy yilning aprel oyidan beri Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ilhom Norqulov – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakultetida va Glazgo universitetining (Buyuk Britaniya) «Iqtisodiy rivojlanish» yo‘nalishida tahsil olgan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida va ishlab chiqarish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yetuk mutaxassis Markaziy bankdagi faoliyatini 2010-yilda bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan edi. 2013-2018-yillarda Markaziy bankning Monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter