Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Behzod Saylixonovich Hamrayev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Uning zimmasiga pul-kredit siyosati, monetar operatsiyalar, statistika va tadqiqotlar yo‘nalishlarini nazorat qilish yuklatilgan.
Behzod Hamrayev shu vaqtgacha Markaziy bankning Pul-kredit siyosati departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
B.Hamrayev 1983-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2006-yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2016-yili Yaponiyaning siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan. Ekonometrika va statistika magistri darajasiga ega.
Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida boshlagan. 2008-yildan buyon Markaziy bank tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter