Markaziy bank rubl ayirboshlash bo‘yicha axborot berdi

Rossiya rubli ayirboshlash kursi keskin tebranayotgan hamda birja va birjadan tashqari kurslar o‘rtasida sezilarli tafovutlar yuzaga kelayotgan paytda Rossiyadagi fuqarolarimizning o‘z mablag‘larini erkin valyutaga almashtirish jarayonida yo‘qotishlariga olib kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan:
- barcha tijorat banklariga rossiya rublidagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha ayirboshlash operatsiyalarini uzluksiz amalga oshirish hamda valyuta kursini belgilashda sotib olish va sotish kurslari o‘rtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turish;
- banklarning valyuta xavf-xatarlarini minimallashtirish maqsadida rossiya rublini sotish va sotib olish kurslarini joriy xalqaro kotirovkalarga asosan kun davomida o‘zgartirib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Amalga oshirilayotgan choralar Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston fuqarolariga pul mablag‘larini rossiya rublida yuborish va respublika hududida ushbu mablag‘larni ixtiyoriy valyutada qabul qilib olish imkonini beradi.
Markaziy bank axborotida mavjud vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valyuta va bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rib borilishi ta’kidlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter