Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank tijorat banklarini ogohlantirdi

Markaziy bank tijorat banklarini ogohlantirdi

Regulyator tomonidan joriy yilning 20-yanvar kuni tijorat banklariga xat yuborilgan.

Unda kredit (mikroqarz) shartnomalarida belgilangan to‘lov majburiyatlari bajarilmagan holatlarda, banklar tomonidan qo‘llanilayotgan ayrim chora va sanksiyalar tanqid ostiga olingan.

Tahlillar natijasida ayrim banklarda:

➖ kechiktirilgan to‘lovlar uchun hisoblanadigan foiz stavkalari shartnomada belgilangan yillik stavkaga nisbatan bir necha barobarga, ayrim holatlarda yillik 150–180 foizgacha oshirilayotgani;

➖ kredit bo‘yicha foizlarni to‘lash kechiktirilganda eng yuqori chegarasi belgilanmagan kunlik penya hisoblanayotgani;

➖ kreditorning haqiqiy xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha bir martalik jarimalar qo‘llanilayotgani aniqlangan.

Markaziy bank mijozlar kredit to‘lovini kechiktirganda banklar tomonidan qo‘llaniladigan choralar bank uchun "daromad manbai" emas, aksincha kompensatsion xarakterga ega bo‘lishi kerakligi, bunda "adolat va mutanosiblik" tamoyillariga qat’iy rioya qilish kerakligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring