Markaziy bank qog‘oz pullar virus tashish vazifasini bajarishidan ogohlantirdi

Qog‘oz pullarning virus tashuvchilik xususiyati ayni kunlarda ko‘pchilik bilishi lozim bo‘lgan ma’lumot sanaladi.
Markaziy bank matbuot xizmati qog‘oz pullar virus tashuvchi vazifasini bajaruvchi bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.
«To‘lovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishi mumkin. Virus qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi ma’lum qilingan»-, deyiladi bank xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi tipdagi koronavirusga chalinganlar soni 55tani tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter