Markaziy bank yana bir bankka litsenziya berdi
Markaziy bank boshqaruvi «Yangi bank» AJga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berdi.
Orginfo sayti ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur bank «O‘zagroeksportbank» rahbarining sobiq o‘rinbosari Odil Amerqulov boshchiligidagi ustav kapitalida 2,2 mlrd so‘m bo‘lgan «Yangi group» kompaniyasi tashkil etgan.
«Yangi group» kompaniyasi esa 2019-yil noyabr oyida Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan «Yangi Holding PTE LTD»ga tegishli.
Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda jami 35 ta bank ro‘yxatdan o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter