Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokashda aftershoklar bo‘lishi mumkin – mutaxassislar

Marokashda aftershoklar bo‘lishi mumkin – mutaxassislar

Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 632 kishiga yetdi, deb xabar berdi Al-Arabiya telekanali Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib.

«Yana 329 kishi jarohat oldi», deya qo‘shimcha qildi telekanal.

Avvvalroq Marokash axborot agentligi 296 kishi qurbon bo‘lgani va 153 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.

Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Marokashda 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng 4,8, 3,4, 3,2 va 3,3 magnitudali yana bir necha silkinishlar qayd etildi.

Seysmologlarning ogohlantirishicha, zilziladan keyingi bir necha soat yoki hatto kunlar ichida zilzilaning qaytishi  – aftershoklar yuz berishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring