Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marsga inson qadami yetgan kunlarni ko‘rish Ilonga nasib qilmasligi mumkin

Marsga inson qadami yetgan kunlarni ko‘rish Ilonga nasib qilmasligi mumkin

Foto: Reuters

Amerikalik milliarder, SpaceX rahbari Ilon Mask Mars sayyorasini inson tomonidan o‘zlashtirish qachon boshlanishi bo‘yicha o‘z bashoratini o‘zgartirdi.

«Eng yaxshi holatda 20 yildan so‘ng, biroq 30 yilga yaqinroq deganim to‘g‘riroq», — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ilon Mask hozir 53 yoshda, demak, vaqti kelib uning azaliy orzusi ro‘yobga chiqqanida u 73 yoki 83 yoshlar atrofida bo‘ladi.

Mask 15-mart kuni bergan bayonotida 2026-yilda Tesla kompaniyasining Optimus roboti ortilgan fazoviy kema Mars tomon parvoz qilishini aytgandi. O‘shanda u agar parvoz muvaffaqiyatli amalga oshsa, 2029-2031-yillarda «qizil sayyora»ga inson qadami yetishi mumkin, degandi. Endigi bashorati esa voqealar rivojini ancha ortga surmoqda. 

Ma’lumot uchun: Yerdan Mars tomon parvoz qilish imkoniyati har 26 oyda bir marta paydo bo‘ladi (shunda ikki sayyora o‘rtasidagi masofa minimum darajada qisqaradi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring