Marsning Yerdagi eng katta bo‘lagi sotildi

Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida Yerdagi eng katta Mars bo‘lagi, ya’ni meteorit sotildi. The Guardian yozishicha, «qizil sayyora» bo‘lagi 5 mln dollardan qimmatroqqa baholangan.
Og‘irligi 25 kilogrammlik meteoritning nomi — NWA 16788. Uni 2023-yil noyabrida meteoritlar ovchisi Sahroi Kabirda topib olgan. Sotheby’s ma’lumotiga ko‘ra, meteorit Mars sayyorasiga asteroid kelib urilishi oqibatida uzilib, osmonga ko‘tarilgan va fazoda 225 mln km kezib Yerga kelib tushgan.
Lotning boshlang‘ich bahosi ikki milliondan to‘rt million dollargacha edi. Uni sotib olgan odamning so‘nggi taklifi 4,3 mln dollar bo‘ldi, komissiya va boshqa to‘lovlar bilan yakuniy narx — 5,3 mln dollar. Xaridor nomi oshkor qilinishini istamadi (kim bilsin, balki u Ilon Maskdir).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter