Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mart oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Mart oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Bu yil mart oyi qanday bo‘ladi? «O‘zgidromet» bu haqda ma’lumot berdi

Mart oyi boshida ob-havo bahoriy beqaror bo‘lishi kutilmoqda. Bahorning birinchi kunida ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati 12-17 daraja iliq bo‘lgan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

2-martda O‘zbekiston hududiga janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. 

Keyinchalik, oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha yog‘ingarchilik davriy bo‘lib, tekislik hududlarda tanaffus bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘adi. Bu davrda havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda (bu iqlim meyori mosdir), ayrim kunlarda 6-9 daraja iliqqacha pasayishi mumkin. 

Mart oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 3-8 daraja iliqdan 8-13 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan 23-28 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Harorat pasayishi davrlari qisqa bo‘ladi, isish davrlari esa - davomiy bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring