Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mart oyidagi bayramlar munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Mart oyidagi bayramlar munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan ishchi-xodimlar quyidagi kunlarda dam oladi:

  • 8-mart (shanba) — bayram kuni;
  • 9-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
  • 10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni.

Shuningdek, Navro‘z bayramida quyidagi kunlar dam olish kunlari hisoblanadi:

  • 21-mart (juma) — Navro‘z bayrami;
  • 22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
  • 23-mart (yakshanba) — dam olish kuni.

Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring