Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur aktyor sudda gazetaga yutqazib qo‘ydi: u xotinini urmaganini isbotlay olmadi

Mashhur aktyor sudda gazetaga yutqazib qo‘ydi: u xotinini urmaganini isbotlay olmadi

Foto: «RIA Novosti»

Jonni Depp xotinini do‘pposlaganini yozgan «Sun» tabloidiga sudda yutqazib qo‘ydi. Dushanba kuni London sudi Deppga qo‘yilgan ayblov haqiqat ekanligini ta’kidlab nashrning foydasiga hukm chiqardi.

London Oliy sudi yoz faslidan beri Deppning 2018-yilda aktyor Ember Hyordni urganligini yozgan «Sun» tabloidiga qarshi da’vosini ko‘rib chiqayotgandi. Aktrisa 2015 — 2017-yillarda birga bo‘lgan sobiq turmush o‘rtog‘ini 2016-yilda «uch kun jismoniy azob berganlikda» ayblagan: uning ta’kidlashicha, aktyor o‘sha paytlarda giyohvand modda qabul qilgan va ichkilikka berilgan. Depp esa o‘z navbatida sobiq turmush o‘rtog‘iga nisbatan zo‘ravonlik qilganini qat’iyan rad etmoqda.

Jonni Depp va Ember Hyord

«Da’vogar (Depp) tuhmat haqidagi da’vosining to‘g‘riligini isbotlay olmadi. Javobgarlar («Sun» va «News Group Newspapers») esa ular chop etgan ma’lumot haqiqat ekanligini ko‘rsatib berishdi. Men sudlanuvchilar aytib o‘tgan 14 voqea tafsilotlarini o‘rganib shunday xulosaga keldim», — deyiladi sudya Endryu Nikolning hukmida.

Sud Deppga obro‘siga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya berishni ham rad etdi.

«Karib dengiz qaroqchilari» filmidan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring