Mashhur darvozabon Iker Kasilyas yurak huruji bilan kasalxonaga yotqizildi
«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas mashg‘ulot vaqtida yurak hurujiga uchradi. Darvozabon klub bazasidan kasalxonaga olib borilgan va unga miokard infarkti tashhisi qo‘yilgan.
Ayni vaqtda uning xushi joyida va hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Mashg‘ulot vaqtida darvozabon o‘zini yomon his qilgan va ko‘krak sohasida qattiq og‘riq sezgan. Endi u mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.
Ba’zi manbalar tomonidan xabar qilinishicha, Kasilyasga nisbatan hatto jarrohlik amaliyoti – kateterizatsiya qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, afsonaviy Iker Kasilyas 1998 yildan to 2015 yilga qadar Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilgan edi. U joriy mavsum «Portu» safida 31 uchrashuvda maydonga tushgan va 19 ta gol o‘tkazib yuborgan. Chempionlar ligasida esa «Portu» bilan 1\4 finalga qadar yetib borib, 10 uchtashuvda 15 ta gol o‘tkazgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter