Mashhur murabbiy saraton xastaligidan vafot etdi
Shvetsiyalik futbol murabbiyi Sven-Yoran Eriksson vafot etdi. U 76 yoshda edi.
Eriksson 1982-yilda «Gyoteborg» bilan UEFA kubogida sensatsion tarzda g‘alaba qozonishi bilan mashhur bo‘lgandi. Keyinchalik u «Benfika» bilan bir necha bor Portugaliya chempionligini, «Roma» va «Sampdoriya» bilan Italiya kubogini yutgan.
2000-yilda uning boshchiligidagi «Latsio» uzoq yillar davomida ilk bor A Seriya chempioniga aylandi. 2000- yilda Eriksson Angliya terma jamoasini boshqargan tarixdagi birinchi xorijlik bo‘ldi. U uni 2002 va 2006-yilgi jahon chempionatlari, shuningdek, Yevro-2004 final bosqichiga olib chiqdi. Angliya har uchala turnirda chorak finalga qadar yetib borgan.
2010-yilgi jahon chempionatida Eriksson Kot-d’ivuar termasi bilan ishlagan, biroq Afrika termasi Portugaliya, Braziliya va KXDR o‘rin olgan guruhdan chiqa olmadi.
So‘nggi yillarda Eriksson Filippinda va Xitoy Superligasining turli klublarida ishlagan. 2024-yilning yanvarida shved mutaxassisida saraton kasalligi aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter