Mashinada ikki qizning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochildi — Rossiya

Rossiya tergov qo‘mitasi Rostov viloyati Kamenskiy tumanida uyning hovlisidagi mashinada halok bo‘lgan ikki qizaloq o‘limidan so‘ng jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqda mintaqaviy bo‘limlariga asoslanib MK.ru xabar berdi.
«Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat (ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 3-iyul kuni 2017 va 2019-yillarda tug‘ilgan ikki qiz o‘z uyining hovlisida o‘ynagan va ular o‘zlari uyning yonida turgan mashinaga chiqishgan. Ularning yo‘qolib qolganini sezgan ona bolalarini izlay boshlagan, ammo ularni topa olmagach politsiyaga murojaat qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qizaloqlarning o‘limiga yuqori atmosfera haroratining ta’siri sabab bo‘lgan.
Tergovchilar fojia holatlarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizalarini, shuningdek boshqa harakatlarni tayinlaganlar. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter