Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinadan ham, puldan ham quruq qoldi

Mashinadan ham, puldan ham quruq qoldi

Foto: «M.gazeta.ru»

Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIBga 2021-yil 10-may kuni Qarshi shahar «Zog‘za» mahallasida yashovchi R.R. ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda shu yilning 21-aprel kuni Qamashi tumani «Bobirtepa» mahallasida yashovchi P.T. va Koson tumani «Mash’al» mahallasida yashovchi U.A.lar «Cobalt» rusumli avtomashina sotamiz», deb aldab, undan 90.500.000 so‘m miqdoridagi pullarini olgani va na mashinadan, na puldan darak bo‘lmagach, R.R. aldanganini bilib, bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Mazkur holat yuzasidan, Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring