Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinasiga 200 kilodan ziyod narkotik ortgan diplomat qo‘lga tushdi — Bolgariya

Mashinasiga 200 kilodan ziyod narkotik ortgan diplomat qo‘lga tushdi — Bolgariya

Foto: Bolgariya politsiyasi

Bolgariyada diplomatning mashinasiga ortilgan 200 kilogrammdan ziyod giyovandlik moddasi musodara qilindi. Ta’kidlanishicha, mamlakat tarixida bunchalik yirik narkotik partiyasi birinchi marta fosh qilindi.

«Kapitan-Andreyevo chegara-o‘tkazish punktidagi tekshiruvda Kongo Respublikasi diplomati ketayotgan mashinadan 205,94 kilogramm kokain chiqdi», — deyiladi xabarda. Avtomobil Turkiyadan kelayotgan bo‘lgan.

Narkotiklar beshta jomadonga joylangan. Qo‘lga olingan og‘u qiymati $22,4 mlnga baholangan.

Diplomat bilan birga, mashinada bo‘lgan belgiyalik ayol hamda Bolgariya fuqarosi — haydovchining qo‘liga ham kishan taqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring