Masjidul Aqsoni «fotoshop»da xarob qilishdi

Masjidul Aqsoni xarob qilib, o‘rniga Sulaymon ibodatxonasi barpo etilgan surat AQShning Isroildagi elchisi Devid Fridmanga sovg‘a qilingani e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Fridmanga surat «Achiya» xayriya fondi mutasaddilari tomonidan sovg‘a qilingan. Sovg‘ani qabul qilib olish asnosida kulib suratga tushgan Fridman ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqidga uchradi.
Rasmiy Vashingtonning esa bundan xabari yo‘q emish.
Falastin ozodlik tashkiloti Fridmanning yuzidagi kulgi hamma narsani ifoda qiladi degan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter