Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast holatdagi fuqaro qo‘shni ayolga tan jarohati yetkazdi

Mast holatdagi fuqaro qo‘shni ayolga tan jarohati yetkazdi

2020 yilning 3 aprel kuni soat 00:20 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani «Paxtakor» aholi manzilida 29 yoshli M.K. mast holatda qo‘shnisi 54 yoshli G.K.ning turar joyiga kirib, qo‘llari hamda tergovga qadar tekshiruv davrida aniqlashning imkoni bo‘lmagan jism bilan G.K,ning tanasini turli qismlari va bosh sohasiga urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Natijada G.K. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasmiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.K.ga ayb e’lon qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring