Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida yarim milliarddan oshiq pul o‘marildi

Toshkent viloyatida yarim milliarddan oshiq pul o‘marildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «A.I.E.» DUK mas’ul shaxslari YaTT «U.A.» tuzilgan shartnomaga asosan ekskavator xizmatlari ijarasi uchun ko‘rsatilgan ishlar bajarilmagan bo‘lsada, YaTT «U.A.» tomonidan 670 mln so‘mlik ishlar (xizmatlar) bajarilganligi haqida elektron hisob-fakturaga soxta ma’lumotlar kiritilib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring