Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Matbuotchilar uyi» sotilishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

«Matbuotchilar uyi» sotilishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

platforma.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Matbuotchilar ko‘chasidagi 32-uy, ya’ni «Matbuotchilar uyi» investorlarga sotilgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu ma’lumotlarning haqiqat emasligini xabar qildi:

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan «Matbuot uyi» bino va inshootlari (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy) chindan ham O‘zAga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan O‘zAga tegishli «Matbuot uyi» bino va inshootlari hamda unga tutash hududda zamonaviy «Media shaharcha» tashkil etilishi belgilangan.

Hozirgi kunda «Matbuot uyi» binosida demontaj ishlari yakuniga yetib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.

Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda «Matbuot uyi» bino va inshootlarini sotilishi nazarda tutilmagan va O‘zA mazkur binoni yagona balansda saqlovchisi hisoblanadi.

Shuningdek, «Matbuot uyi» bino va inshootlari hamda unga tutash hududda qisqa muddatlarda zamonaviy «Media shaharcha»tashkil etilib, barcha davriy bosma nashrlarning tahririyatlari mazkur binoga joylashtiriladi», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring