Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mavsum boshlandi: joylarda «o‘qishga kiritish» narxlari $22 mingdan $3 minggacha baholanmoqda (video)

Mavsum boshlandi: joylarda «o‘qishga kiritish» narxlari $22 mingdan $3 minggacha baholanmoqda (video)

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 22 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qarshi innovatsion ta’lim universiteti mutaxassisi 3 nafar fuqaroni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialiga mazkur oliy ta’lim muassasasidagi tanishlari orqali har birini 4 ming AQSh dollaridan, jami 12 ming AQSh dollari evaziga 2-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 11700 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan shaxs Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Olmaliq shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Olmaliq shahrida yashovchi fuqarodan 3500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch davlat universitetining fakultet dekani Gurlan tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda bo‘ladigan ijodiy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga 2600 AQSh dollari va 2,5 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabining bo‘lim boshlig‘i Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaroga tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kirishi uchun yo‘llanma olib berish va amaliy imtihonda ko‘maklashish evaziga 4 ming AQSh dollari talab qiladi.

Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring