Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiya qarori: 25-dekabrdan e’tiboran xorijdan keluvchilar diqqatiga!

Maxsus komissiya qarori: 25-dekabrdan e’tiboran xorijdan keluvchilar diqqatiga!

Foto: «Uz.sputniknews.ru»

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020-yil 25- dekabrdan e’tiboran O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ekspress test aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida va chegara punktlarida O‘zbekistonga keluvchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur tartibga ko‘ra COVID-19ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan vatandoshlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan 2020-yil 25-dekabrdan boshlab joriy qilinadigan davlat chegarasini kesib o‘tishning yangi tartibini hisobga olishi so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring