Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson Mayami aeroportida nogironlar aravachasida ko‘rinish berdi

Mayk Tayson Mayami aeroportida nogironlar aravachasida ko‘rinish berdi

Afsonaviy bokschi Mayk Tayson seshanba kuni Mayami xalqaro ayeroportida nogironlar aravachasida ko‘rinish berdi.

Fox nashrining yozishicha, Taysonning belida muammosi bor va iyul oyida u sog‘lig‘i tufayli uzoq umr ko‘rishga umid qilmayotganini aytgandi.

56 yoshli Tayson beldumg‘aza radikuliti kasalligi bilan og‘rib keladi.

«U ishias – beldumg‘aza radikuliti kasalligi bilan og‘rigan. Hech qanday jiddiy muammo yo‘q. Mayk kabi sportchilar uchun bu kasbiy kasallik hisoblanadi», – deyiladi TMZ Sports manbasi.

Ma’lumot uchun, Tayson 20 yoshida boksning og‘ir vazn toifasi bo‘yicha eng yosh chempioni bo‘lgan va o‘z faoliyatida 50ta g‘alaba, 6ta mag‘lubiyat bilan tamomlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring