Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson ringga qaytmoqda

Mayk Tayson ringga qaytmoqda

Foto: Instagram/miketyson

Boks afsonasi Mayk Tayson 2005-yildan beri ilk marta professional ringga qaytmoqda. Kuzda u videobloger Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tariladi.

Sakkiz raundlik jang 15 noyabr kuni Texasda, 80 ming tomoshabinga mo‘ljallangan AT&T Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda taniqli promouterlik kompaniyasi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Mayk Tayson hozir 58 yoshda. Professional faoliyatiga nuqta qo‘ygan 2005-yildan buyon ikki marta ko‘rgazmali jang o‘tkazgan. Ularning so‘nggisi — 2020-yilda yana bir boks afsonasi Roy Jonsga qarshi o‘tkazilgan jangda durang qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring