Maymunchechak bo‘yicha favqulodda holat bekor qilindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus dunyoda maymunchechak bo‘yicha favqulodda holat tugaganini e’lon qildi.
Brifing xalqaro tashkilotning Twitter sahifasida namoyish etilgan.
«Maymunchechak va COVID-19 bo‘yicha favqulodda vaziyatlar tugatilgan bo‘lsa-da, takroriy to‘lqinlar xavfi saqlanib qolmoqda. Ikkala virus ham tarqalishda va odamlarni halok qilishda davom etmoqda», — dedi Gebreyesus.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi o‘tgan yilning may oyidan boshlab turli mamlakatlarda tarqala boshlagan.
2022-yil iyul oyida JSST maymunchechak kasalligi sababli favqulodda holat e’lon qilishga qaror qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter