Maymunchechakning ilk bor insondan insonga yuqish holati aniqlandi

Vetnamda maymunchechak virusining odamdan odamga yuqishi bilan bog‘liq birinchi holat aniqlandi, deya xabar berdi Bin Duong provinsiyasi sog‘liqni saqlash boshqarmasi.
Gap 22 yoshli bemor haqida ketmoqda. Hozir u viloyat sog‘liqni saqlash muassasasida karantinda. U maymunchechak virusini sherigidan yuqtirgan, u Vetnamda ushbu tashxis bilan davolanayotgan uchinchi bemor bo‘lgan.
Mamlakatda maymunchechak infeksiyasining dastlabki ikki holati o‘tgan yilning oktyabr oyida tasdiqlangan. Ular chet eldan qaytgan insonlarda aniqlangan.
2022-yilning yozida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusning yuqori tarqalish tezligi sababli uni global jamoat sog‘lig‘i uchun favqulodda xavf deb e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter